2026-yil 10-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida "Jamiyat barqarorligiga tahdid" shiori ostida "Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik" mazusida xodimlarning korrupsiyaga qarshi faolligini oshirish, ularda halollik, shaffoflik va qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash maqsadida davra suhbati tashkil etildi. 🗣️Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'siri, uning oldini olishda har bir xodimning mas'uliyati, xizmat vazifalarini vijdonan va xolisona bajarishning ahamiyati haqida fikr almashildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi qonunchilik, halollik tamoyillariga rioya etish hamda muassasada ochiqlik va shaffoflik muhitini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Davra suhbati yakunida xodimlar korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik va mas'uliyat tamoyillariga qat'iy amal qilish jamiyat taraqqiyoti hamda yurt ravnaqining muhim omili ekanini alohida ta'kidladilar.