🖥Joriy yilning 10-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan tayyorlangan navbatdagi “Siyosiy-ma'rifat soati” tashkil etildi. 🗣️Mazkur ma'rifat soati davomida xodimlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, muhim yangiliklar, ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishdagi dolzarb masalalar hamda fuqarolarning siyosiy-huquqiy bilimlarini yuksaltirishga qaratilgan mavzular yoritildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan fikr almashdilar.