Targ'ibot

Joriy yilning 13-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan G‘alaba MFY hududida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan fuqaro Bozorov Davlat Hudoyqulovich xonadoniga tashrif buyurildi. Tashrif davomida kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida turli badiiy va ma'naviy-ma'rifiy hamda bolalar adabiyotlar tavsiya qilinib, mutolaaning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, kutubxona xizmatlari haqida ma'lumot berilib, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi. Bunday tashriflar orqali aholining barcha qatlamlari, jumladan imkoniyati cheklangan fuqarolar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy muhitni mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilmoqda dolzarb masalalar hamda fuqarolarning siyosiy-huquqiy bilimlarini yuksaltirishga qaratilgan mavzular yoritildi.