Davra suhbati

Joriy yilning 14-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi hamda Mirzacho‘l tuman Ichki ishlar bo‘limi hamkorligida "Inson huquqlari – jamiyat taraqqiyoti va har bir xodimning huquqiy madaniyatini yuksaltirish omili" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad inson huquq va erkinliklarini ta'minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda xodimlarning o‘z kasbiy faoliyatida qonunchilikka rioya etish mas'uliyatini oshirishdan iborat bo‘ldi. Davra suhbati davomida ishtirokchilarga mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, fuqarolarning huquq va majburiyatlari, huquqiy savodxonlikning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda yoshlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan batafsil ma'lumotlar berildi.