Joriy yilning 14-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Bog‘bon MFY hududida istiqomat qiluvchi aholi ishtirokida “Kitobxon mahalla – ma’rifatli jamiyat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi aholilarga, kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, mutolaaning inson kamolotidagi o‘rni va ahamiyatini targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi. Davra suhbati davomida kitob o‘qishning ma’naviy va intellektual rivojlanishga qo‘shadigan hissasi, kitobxonlikni oilada va mahallada keng targ‘ib etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ishtirokchilarga axborot-kutubxona markazi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, mavjud adabiyotlar fondi hamda foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbir yakunida faol kitobxonlar e’tirof etilib, barchaga mutolaani kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirish tavsiya etildi.