🖥Joriy yilning 14-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda fuqarolar ishtirokida "Ilm va ma'rifat sari chorlagan jadidlar" mavzusida davra suhbat tashkil etildi. 🗣️Tadbir davomida jadid bobolarimizning xalqni ilm-fan, ma'rifat va taraqqiyot sari yetaklash yo‘lidagi fidokorona faoliyati, ularning millat ravnaqi va yoshlar tarbiyasidagi beqiyos xizmatlari haqida atroflicha ma'lumotlar berildi. Shuningdek, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi jadid ma'rifatparvarlarining hayoti va ijodi haqida davra suhbat tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan jadidlar merosini o‘rganish, kitobxonlikni keng targ‘ib etish hamda yoshlarni ilm olishga undash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligi ta'kidlandi.