Ko'rgazma

Joriy yilning 15-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "G‘alaba" mahalla fuqarolar yig‘ini binosida "Kitobxon mahalla — ma'rifatli jamiyat" mavzusida yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. ‼️Ko‘rgazmada badiiy, ilmiy-ommabop, ma'naviy-ma'rifiy hamda yurtimiz taraqqiyoti, milliy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga oid yangi adabiyotlar kitobxonlar e'tiboriga havola qilindi. Tadbir davomida ishtirokchilarga kitob mutolaasining ahamiyati, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishda kitobning o‘rni haqida batafsil ma'lumot berildi. Mazkur ko‘rgazma mahalla aholisi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish va ma'rifatli jamiyatni barpo etishga xizmat qiluvchi muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.