Davra suhbati

2026-yil 16-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumanimizdagi yosh tadbirkorlar bilan "Yoshlar kuni" doirasida "Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash kuni" mavzusida davra suhbati hamda kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🗣️Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirish, ularning biznes g‘oyalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mehnatsevarlik, izlanuvchanlik hamda mustaqil faoliyat yuritishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi. Davra suhbati davomida ishtirokchilarga mamlakatimizda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyoz va davlat dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatida bilim, kitob mutolaasi va zamonaviy kasb-hunarlarni egallashning ahamiyati yuzasidan fikr almashildi. Tadbir doirasida tadbirkorlik, iqtisodiyot, biznesni rivojlantirish va shaxsiy kamolotga oid adabiyotlardan iborat kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, ishtirokchilar tavsiya etilgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar.