📚Joriy yilning 16-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Erjar" hududida istiqomat qiluvchi ayol-qizlar ishtirokida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida "Mutolaa bilan yuksalish sari" nomli kitob ko'rgazmasi hamda targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. ‼️Tadbir davomida ishtirokchilarga badiiy, ma'naviy-ma'rifiy adabiyotlar tavsiya etilib, kitob mutolaasining inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma'naviy kamolotidagi o‘rni haqida suhbat olib borildi. Shuningdek, kutubxona xizmatlari, yangi adabiyotlar va kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumot berildi. Targ‘ibot jarayonida ayol-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan tanishib, mutolaa yuzasidan fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. Bunday uchrashuvlar jamiyatda kitobxonlik muhitini mustahkamlash, xotin-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ma'naviy-ma'rifiy saviyasini yuksaltirishga xizmat qiladi.