📚Joriy yilning 2026-yil 17-iyul kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Mustaqillik" mahallasida tashkil etilgan koʻchma kutubxona fondidagi kitoblar yangilanib, sayyor tadbir tashkil etildi. Mazkur tashabbus mahalla aholisini kitobxonlikga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitob mutolaasi orqali ma'naviy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Yangilangan ko'chma kutubxona turli mavzulardagi yangi adabiyotlar o'rin oldi. Tadbir davomida kitobxonlarga tavsiyalar berilib mutolaaning inson hayotidagi o'rni haqida suhbatlar tashkil etildi. Ko'chma kutubxona fondining muntazam yangilanib borilishi aholi, ayniqsa yoshlarning kitobga bo'lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.