📚Joriy yilning 17-iyul kuni Mirzacho‘l tuman hokimligi majlislar zalida Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda mahalla faollari ishtirokida "Kitobxon onalar" kuni munosabati bilan "Kitobxon ona – ma'rifatli oila" mavzusida adabiy-musiqiy kecha tashkil etildi. ‼️Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad onalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, oilada mutolaaning o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, kitobxon onalar safini kengaytirish hamda yosh avlodni ma'naviy barkamol etib tarbiyalashda onalarning beqiyos o‘rni va mas'uliyatini e'tirof etishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida kitob mutolaasining oilaviy tarbiyadagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi, ishtirokchilar tomonidan she'rlar, kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar namoyish etilib, tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan onalarga Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan minnatdorlik bildirilib, kitoblar sovg‘a qilindi.