2026-yil 17-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida "1000 kitob" loyihasi doirasida nashrga tayyorlangan 20 nomdagi 198 nusxa yangi adabiyotlar yuzasidan bibliografik sharh o‘tkazildi. 🗣️Bibliografik sharh davomida xodimlarga zamonaviy ilm-fan, texnologiya, tibbiyot, iqtisodiyot, menejment, sotsiologiya, statistika va ekologiyaga oid yangi adabiyotlarning mazmun-mohiyati hamda ularning ilmiy-amaliy ahamiyati haqida umumiy ma'lumot berildi. Ushbu nashrlarning bugungi davrning dolzarb masalalarini yoritishi, kitobxonlarning bilim doirasini kengaytirishi va zamonaviy tafakkurni rivojlantirishdagi o‘rni alohida ta'kidlandi. Shuningdek, bibliografik sharh davomida Alen Bertoning "Loyihasiz tartib" asarida bozor iqtisodiyoti va shaharlar rivojlanishining o‘ziga xos jihatlari yoritilgani, Styuart Rasselning "Insonga mos sun'iy intellekt va nazorat muammosi" kitobida sun'iy intellektni inson manfaatlariga mos ravishda rivojlantirish va uni xavfsiz boshqarish tamoyillari bayon etilgani haqida ma'lumot berildi. Maykl Rayan qalamiga mansub "Adabiyot nazariyasi" asarida badiiy asarlarni tahlil qilishning zamonaviy nazariy yondashuvlari ochib berilgani, Nil Vilyamsning "O‘rganish yo‘llari" kitobida esa samarali ta'lim olish, tanqidiy fikrlash va bilimlarni mustahkamlashning zamonaviy usullari yoritilib, e'tiborga havola etildi.