📚2026-yil 21-iyul Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Bogʻbon" mahallasida joylashgan "Sihat Salomatlik FARM" MCHJga qarashli shaxsiy kutubxonadagi "Namunaviy koʻchma kutubxona" fondi yangi badiiy adabiyotlar bilan boyitildi. Mazkur tashabbus aholining kitob mutolaasiga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish, ularning bilim doirasini kengaytirish va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi. Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi kelgusida ham kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholiga sifatli axborot-kutubxona xizmatlarini koʻrsatish yoʻlidagi ishlarini izchil davom ettiradi.