Ko'rgazma

"Kitobsevar mahalla – farovon kelajak" Joriy yilning 22-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Erjar" MFY hududida istiqomat qiluvchi aholi o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida "Kitobsevar mahalla – farovon kelajak" nomli kitoblar ko‘rgazmasi hamda kitob targ‘iboti tadbiri tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa orqali ma'naviy-ma'rifiy saviyani yuksaltirish hamda kutubxona xizmatlarini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Ko‘rgazmada o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalari, bolalar adabiyoti, tarixiy, ma'naviy-ma'rifiy, huquqiy hamda vatanparvarlik ruhidagi kitoblar namoyish etildi. Ishtirokchilarga har bir kitobning mazmun-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati va mutolaaning inson kamolotidagi o‘rni haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Tadbir davomida kutubxona xodimlari kitob mutolaasining ilm olish, dunyoqarashni kengaytirish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishdagi o‘rni haqida suhbatlar o‘tkazib, aholini kutubxonaga a'zo bo‘lish va kitoblardan muntazam foydalanishga chorladilar. Umid qilamizki, bunday targ‘ibot tadbirlari mahallalarda kitobxonlikni yanada rivojlantirish, ma'naviy muhitni mustahkamlash va kitobsevar avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.