Kitob_eng_qimmatli_sovgʻa

Joriy yilning 22-iyul kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markaziga Gʻalaba mahallasida istiqomat qiluvchi nuroniy Nizomov Bahritdin ota tashrif buyurdi. Tashrif davomida Bahritdin ota nabirasi Jamshid Bahritdinov muallifligidagi "Oʻrta asrlar Oʻzbekiston tarixi" nomli kitob hamda yana bir qancha adabiyotlarni axborot-kutubxona markazi fondini boyitish maqsadida sovgʻa tariqasida topshirdi. Ushbu xayrli tashabbus kutubxona fondini boyitish, kitobxonlar uchun yangi adabiyotlar zaxirasini kengaytirish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi Bahritdin Nizomov otaga kutubxona faoliyatini qoʻllab-quvvatlab, fondni boyitishga qoʻshgan munosib hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildiradi. Ezgu ishlari bardavom boʻlsin!