Koʻrgazma

Joriy yilning 22-iyul kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazida Butunjahon miya kuni munosabati bilan “Inson miyasi salomatligi va asab kasalliklari profilaktikasi” mavzusida kitob-rasmli koʻrgazma tashkil etildi. Koʻrgazmada inson miyasi salomatligini asrash, asab tizimi kasalliklarining oldini olish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish hamda tibbiyot sohasidagi ilmiy-ommabop adabiyotlar, maʼlumotnoma va qoʻllanmalar kitobxonlar eʼtiboriga havola etildi. Mazkur koʻrgazma aholining miya salomatligi haqidagi bilim va xabardorligini oshirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, asab kasalliklari profilaktikasi yuzasidan foydali tavsiyalarni keng ommaga yetkazish hamda kitobxonlarda tibbiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tashkil etildi.