Payshanba-Yoshlar kuni

#Payshanba_yoshlar_kuni 🖥Joriy yilning 23-iyul kuni Yoshlar kuni munosabati bilan Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Paxtazor MFYda "Yosh fermerlarni qo‘llab-quvvatlash kuni" mavzusida yoshlar bilan uchrashuv va davra suhbati tashkil etildi. 🗣️Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasiga qiziqishni oshirish, fermerlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda bu borada yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushunchalar berishdan iborat bo‘ldi. Davra suhbati davomida ishtirokchilarga qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlar, yosh fermerlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan ma'lumotlar berildi. Tadbir doirasida qishloq xo‘jaligi va fermerlikka oid adabiyotlardan iborat kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, ishtirokchilar e'tiboriga havola qilindi.