Ko'rgazma

📚Joriy yilning 23-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida Butunjahon gimnastika kuni munosabati bilan "Gimnastika – kuch, iroda va nafislik timsoli" mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi. 🗣️Ko‘rgazmadan gimnastika sport turining tarixi, rivojlanish bosqichlari, mashhur sportchilar, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi hamda jismoniy tarbiya va sportga oid adabiyotlar o‘rin oldi. Shuningdek, sportning inson salomatligini mustahkamlash, irodani chiniqtirish va yoshlarni barkamol etib tarbiyalashdagi ahamiyati haqida ma'lumotlar taqdim etildi.