📚2026-yil 24-iyul kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Doʻstlik" MFY hududida istiqomat qiluvchi aholi oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini keng targʻib etish va mutolaa madaniyatini rivojlantirish maqsadida "Mahallada kitobxonlik – ma'rifat sari qadam" nomli kitob koʻrgazmasi hamda kitob targʻiboti tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida kitobxonlarga turli yoʻnalishdagi badiiy, ma'naviy-ma'rifiy adabiyotlar namoyish etildi. Ishtirokchilarga mutolaaning inson kamoloti, dunyoqarashi va ma'naviy yuksalishidagi oʻrni haqida batafsil ma'lumotlar berildi hamda kitob oʻqishga qiziqish uygʻotuvchi tavsiyalar bildirildi. Mazkur tadbir mahalla aholisi, ayniqsa yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.