📚Joriy yilning 24 iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan xodimlarning kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi. 💻Mahorat darsi davomida xodimlarga Microsoft Word dasturida rasmlarni hujjatlarga joylashtirish va ular bilan ishlash bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi. Unda rasmlarni hujjatga kiritish, ularning o‘lchamini o‘zgartirish, matnga nisbatan joylashuvini (Wrap Text) sozlash, rasmni kesish (Crop), formatlash hamda hujjatni estetik va tartibli ko‘rinishda tayyorlash usullari o‘rgatildi. 🗣️ Shuningdek, mashg‘ulot davomida xodimlar amaliy topshiriqlar orqali Microsoft Word dasturida rasmlarni to‘g‘ri joylashtirish, tahrirlash va hujjat dizaynini yaxshilash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlab oldilar. Mazkur mahorat darsi xodimlarning zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish malakasini yanada oshirishga xizmat qildi.