Ko'rgazma

📚Joriy yilning 24-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan "Yangi Oʻzbekiston bunyodkori" nomli kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi. 🗣️Ko‘rgazmadan Prezidentimizning hayoti va davlat boshqaruvidagi faoliyati, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlidagi islohotlari, mamlakatimiz taraqqiyoti, xalq farovonligi hamda maʼnaviy-maʼrifiy rivojlanishga oid kitoblar, fotoalbomlar va boshqa nashrlar o‘rin oldi. Ko‘rgazma orqali kitobxonlarga Prezidentimizning bosib o‘tgan hayot yo‘li, amalga oshirayotgan bunyodkorlik ishlari hamda yurtimiz ravnaqi yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.