I yarim yillik yakunlari sarhisob qilindi

📚 Joriy yilning 27-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi mutasaddilari, direktor hamda xizmat rahbarlari ishtirokida 2026-yil I yarim yillik yakunlari va II yarim yillik ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 📈Yig‘ilish davomida joriy yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglanib, axborot-kutubxona xizmatlari samaradorligi, kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, fondni boyitish, kitobxonlikni targ‘ib etish hamda belgilangan vazifalar ijrosi atroflicha tahlil qilindi. ✅ Shuningdek, 2026-yilning II yarim yilligi uchun ustuvor vazifalar belgilab olinib, kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlarini kengaytirish, axborot-resurslardan samarali foydalanish hamda tizim faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.