Ko'rgazma

📚Joriy yilning 28-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Xalqaro gepatitga qarshi kurashish kuni munosabati bilan rasmli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada gepatit kasalligining oldini olish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish hamda kasallik haqida aholining xabardorligini oshirishga qaratilgan adabiyotlar, ma'lumotlar va targ‘ibot materiallari namoyish etildi.