📚Joriy yilning 28-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda 7-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida “Xalq og‘zaki ijodida ayollar timsoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. ‼️Xalq og‘zaki ijodi — xalqning ko‘p asrlik hayoti, dunyoqarashi, orzu-intilishlari, qadriyatlari va ma’naviy merosini o‘zida mujassam etgan bebaho xazinadir. Unda ayol timsoli alohida o‘rin egallab, ona, opa-singil, sadoqatli yor, dono maslahatgo‘y, jasur va matonatli qahramon sifatida ulug‘lanadi. Davra suhbati davomida xalq ertaklari, dostonlari, maqol va matallar, afsona hamda rivoyatlarda tasvirlangan ayollar obrazi, ularning oila va jamiyat hayotidagi o‘rni, mehr-muhabbati, sadoqati, donoligi va tarbiyadagi beqiyos hissasi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ayniqsa, xalq og‘zaki ijodida ayol nafaqat oila mehrini asrovchi, balki ezgulik, sabr-toqat, matonat va ma’naviy kuch timsoli sifatida gavdalantirilishi ta’kidlandi.