Ko'rgazma

📚Joriy yilning 29-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazining xizmat ko‘rsatish o‘quv zali bo‘limida "Mutolaaga chorlovchi yangi adabiyotlar" nomli yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko'rgazmada kutubxona fondiga yangi kelib tushgan badiiy ilmiy-ommabop, tarixiy hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi yangi nashrlar kitobxonlar e’tiboriga havola etildi. ‼️Korgazmadan o'rin olgan nashrlar kitobxonlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish hamda yoshlar orasida mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.