Payshanba-Yoshlar kuni

🖥 2026-yil 30-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Bolalar va o‘smirlar sport maktabida "Yoshlar kuni" munosabati bilan "Sport kuni" mavzusida sportchilar bilan uchrashuv hamda kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🗣️Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ularni jismoniy faollikka undashdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida sportning inson salomatligi va barkamol avlodni tarbiyalashdagi o‘rni, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Shundan so‘ng sport maktabi murabbiylari rahbarligida sportchilarning amaliy mashg‘ulotlari namoyish etildi va ishtirokchilar mashg‘ulot jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir yakunida mavzuga oid kitoblar ko‘rgazmasi ishtirokchilarga namoyish etildi.