2026-yil 31-iyul kuni Mirzacho‘l tuman Axborot-kutubxona markazida Mustaqillik MFY yoshlari ishtirokida kutubxona bo‘ylab sayohat tashkil etildi. 🗣️Sayohatdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni Axborot-kutubxona markazining faoliyati, ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlari, kitob fondi, elektron resurslar hamda kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida ishtirokchilarga foydalanuvchilar o‘quv zali, axborot-bibliografiya xizmati hamda kutubxona fondining tarkibi va uni saqlash tartibi haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, an’anaviy kataloglardan foydalanish qoidalari, kitoblarni qidirish va ulardan samarali foydalanish usullari amaliy tarzda tushuntirildi. Sayohat yakunida kutubxonadan foydalanish tartibi, yangi kelib tushgan adabiyotlar, kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda Axborot-kutubxona markazida muntazam o‘tkazib kelinayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haqida ma’lumot berildi.