🖥Joriy yilning 30-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida "Kitobxonlikni targ‘ib etishda ko‘rgazma va ommaviy tadbirlarning o‘rni" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. 🗣️Mahorat darsi davomida kitob ko‘rgazmalarini mazmunli va zamonaviy talablarga mos tashkil etish, ommaviy tadbirlarni rejalashtirish hamda ularni samarali o‘tkazish usullari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga kutubxonalarda tashkil etiladigan ko‘rgazmalar asosan mavzuli ko‘rgazmalar hamda yangi adabiyotlar ko‘rgazmalari ko‘rinishida tashkil etilishi, ularni tayyorlashda adabiyotlarni to‘g‘ri tanlash, ko‘rgazmani mazmunan boyitish va kitobxonlar e'tiborini jalb etadigan tarzda bezatish bo‘yicha tushunchalar berildi. Ommaviy tadbirlarni tashkil etishda ko‘rgazmalardan samarali foydalanish, ularning kitobxonlikni targ‘ib etishdagi ahamiyati haqida ham fikr almashildi. Mazkur mahorat darsi kutubxona xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, kitob ko‘rgazmalari va ommaviy tadbirlarni sifatli tashkil etish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.