Davra suhbati

📚Joriy yilning 2026-yil 31-iyul kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 7-son maktabgacha taʼlim muassasasida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari hamda ularning onalari ishtirokida "Kitobxon ona- kitobxon bola" loyihasi doirasida “Onaning kitobga mehri — farzandga ibrat” nomli davra suhbati tashkil etildi. ‼️Tadbir davomida onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni, oilada kitobxonlik muhitini yaratish, bolalarda kitob o‘qishga mehr va qiziqishni erta yoshdan shakllantirish haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, bolalarga yoshiga mos, qiziqarli va mazmunli adabiyotlar tavsiya etildi. Davra suhbatida kitob o‘qiydigan, ilm-maʼrifatga intiladigan ona farzandiga eng yaxshi namuna bo‘lishi, oilada kitob mutolaasi anʼanasini yo‘lga qo‘yish esa bolalarning dunyoqarashi, nutqi va tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.