Mahorat darsi

💻Joriy yilning 31-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan xodimlarning kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi. 💠Dars davomida xodimlarga Microsoft Power Point dasturida ishlash, sifatli va mazmunli taqdimot (prezentatsiya) slaydlarini yaratish, shablon va dizaynlardan toʻgʻri foydalanish hamda maʼlumotlarni koʻrgazmali shaklda shakllantirish boʻyicha amaliy tushunchalar berildi.