📚Joriy yilning 3-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot- markazi xodimlari tomonidan milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi kitoblardan iborat “Milliy qadriyatlar — ma’naviyatimiz ko‘zgusi” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, urf-odat va an’analari, milliy qadriyatlarimiz, ma’naviy merosimiz hamda ajdodlarimizning bebaho o‘gitlarini aks ettiruvchi adabiyotlar o‘rin oldi.Tadbir davomida kitobxonlarga milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va ma’naviy fazilatlarni shakllantirishda kitobning o‘rni haqida ma’lumotlar berildi. ✔️Mazkur ko‘rgazma kitobxonlarni milliy merosimizni chuqurroq anglashga, tariximiz va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.