Zakovat

Joriy yilning 3-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida "Jadidlar izidan" nomli kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bilim va tafakkurini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini mustahkamlash hamda jadid bobolarimizning ilm-ma'rifatga oid boy merosini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Intellektual o‘yin davomida ishtirokchilar tarix, adabiyot, jadidchilik harakati, O‘zbekiston tarixi, jahon madaniyati hamda umumiy bilimlarga oid qiziqarli savollarga javob berib, o‘zlarining bilim salohiyati, tezkor fikrlashi va jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Bahs va munozaralarga boy o‘tgan o‘yin ishtirokchilarda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. Tadbir yakunida faol qatnashgan jamoalar va ishtirokchilarning intellektual salohiyati e'tirof etilib, ularni kelgusida ham kitobxonlik va ilm-ma'rifat yo‘lida yanada faol bo‘lishga chorlovchi tavsiyalar berildi.