Joriy yilning 2026-yil 4-avgust kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida "Yozgi mutolaa maydoni" nomli kitob koʻrgazmasi tashkil etildi. Mazkur kitob koʻrgazmasida badiiy adabiyotlar, jumladan, oʻzbek va jahon adabiyoti namunalari hamda kitobxonlar qiziqishiga mos asarlar namoyish etildi. Tadbir davomida katta yoshdagi kitobxonlar koʻrgazma bilan yaqindan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan kitoblar haqida maʼlumot oldilar. Koʻrgazmaning asosiy maqsadi aholi, ayniqsa, katta yoshdagi kitobxonlar oʻrtasida mutolaa madaniyatini keng targʻib qilish, kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishni oshirish va mazmunli hordiq chiqarishga koʻmaklashishdan iborat boʻldi.