Koʻrgazma

Joriy yilning 5-avgust kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazining oʻquv zali boʻlimida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov tavallud topgan kuni munosabati bilan "Oʻtkir Hoshimov tavallud topgan kun" mavzusida adabiyotlar koʻrgazmasi tashkil etildi. Koʻrgazmadan adibning "Dunyoning ishlari", "Ikki eshik orasi", "Tushda kechgan umrlar", "Nur borki, soya bor" kabi mashhur asarlari hamda uning hayoti va ijodiga bagʻishlangan adabiyotlar oʻrin oldi. Tadbir davomida kitobxonlarga Oʻtkir Hoshimovning sermazmun ijodi, insoniylik, mehr-oqibat, vatanparvarlik va milliy qadriyatlarni ulugʻlovchi asarlari haqida maʼlumotlar berildi. Ishtirokchilar adibning ijodi yuzasidan oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashib, koʻrgazmada namoyish etilgan kitoblar bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur koʻrgazma kitobxonlar qalbida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimizga boʻlgan qiziqishni oshirish va Oʻtkir Hoshimovning boy adabiy merosini keng targʻib etishga xizmat qildi.