📚2026-yil 5-avgust kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida "Kitob – qalb va tafakkur ozuqasi" nomli kitob koʻrgazmasi tashkil etildi. Koʻrgazmadan koʻzlangan asosiy maqsad yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, ularning kitobga boʻlgan qiziqishini oshirish hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga koʻmaklashishdan iborat boʻldi. Tadbir davomida ishtirokchilarga turli mavzulardagi badiiy, va bolalar adabiyotlari namoyish etilib, mutolaaning inson kamolotidagi oʻrni haqida suhbat oʻtkazildi. Yosh kitobxonlar oʻzlarini qiziqtirgan kitoblar bilan yaqindan tanishib, mutolaa yuzasidan tavsiyalar oldilar. 📖 Kitob – maʼnaviyat, bilim va tafakkur manbai. Keling, kitob mutolaasi orqali kelajagimizni yanada porloq qilaylik!