Targ'ibot

📚Joriy yilning 4-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, aholining mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Yo‘l-yo‘lakay birga o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot ishlari olib borildi. ✅Tadbir davomida aholiga kitobning inson ma’naviy kamolotidagi o'rni va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Turli mavzulardagi badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar tavsiya qilinib, kitobxonlikka chorlovchi targ‘ibot materiallari tarqatildi.