🖥2026-yil 6-avgust kuni yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda axborot-kutubxona xizmatlaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida yosh kitobxonlar ishtirokida sayohat tashkil etildi. 🗣️Sayohat davomida ishtirokchilar axborot-bibliografiya xizmati faoliyati, kutubxona fondidan adabiyotlarni qidirish va tanlash tartibi, bibliografik ko‘rsatkichlardan samarali foydalanish usullari, elektron resurslar hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, yoshlarga o‘lkashunoslik adabiyotlari hamda o‘lkamiz ijodkorlarining she’riy to‘plamlari tanishtirilib, ularning mazmun-mohiyati hamda fondlarni saqlash xizmatida kitoblarni to‘g‘ri joylashtirish, ularni asrash va hisobga olish jarayonlari haqida tushunchalar berildi. Yoshlar badiiy, ilmiy-ommabop va tarbiyaviy ahamiyatga ega adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar hamda kutubxonadan samarali foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar.