Payshanba-Yoshlar kuni

🖥Joriy yilning 6-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Yoshlar kuni” doirasida "Innovatsiyalar, sun’iy intellekt va robototexnika kuni" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. 🗣️Tadbir davomida bugungi kunda jadal rivojlanayotgan sun’iy intellekt, robototexnika va zamonaviy texnologiyalar, ularning inson hayotidagi o‘rni hamda kelajak kasblariga ta’siri haqida fikr almashildi. Yoshlar bilan suhbat davomida zamonaviy texnologiyalardan samarali va oqilona foydalanish, raqamli savodxonlikni oshirish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda kelajak kasblariga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ochiq muloqot yoshlarning innovatsion fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, IT va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, zamonaviy kasblar haqida kengroq tasavvur hosil qilishiga xizmat qiladi.