📚Joriy yilning 6-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-son texnikumida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona fondidagi badiiy va ma’rifiy adabiyotlar yangilandi hamda kitoblar almashtirildi. Ko‘chma kutubxonadagi adabiyotlarni muntazam ravishda yangilab borishdan asosiy maqsad — yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va mutolaa madaniyatini rivojlantirishdan iborat. Yoshlar uchun yangi va qiziqarli kitoblarning taqdim etilishi ularni yanada ko‘proq mutolaa qilishga, bilim va dunyoqarashini kengaytirishga undaydi. Kitob — bilim manbai, mutolaa esa kamolot sari yo‘l!