Davra suhbati

📚Joriy yilning 2026-yil 7-avgust kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Millat fidoyilarini yod etamiz" mavzusida jadidlar merosiga bagʻishlangan davra suhbat tashkil etildi. ‼️Tadbir davomida jadid bobolarimizning Vatan ravnaqi, ilm-maʼrifat va milliy uygʻonish yoʻlidagi beqiyos xizmatlari haqida soʻz yuritildi. Ishtirokchilarga Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Choʻlpon kabi maʼrifatparvarlarning hayoti va ijodi, ularning xalq taʼlimi va millat taraqqiyoti yoʻlidagi fidokorona faoliyati haqida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, jadidlar asarlari asosida tashkil etilgan kitob koʻrgazmasi kitobxonlarda katta qiziqish uygʻotdi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirishdan iborat boʻldi. Jadidlar merosini oʻrganish va uni keng targʻib etish bugungi kunda ham muhim maʼnaviy vazifa ekanligi alohida taʼkidlandi.