Bir adib haqida suhbat" loyihasi davom etmoqda 2026-yil 7-avgust kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Bir adib haqida suhbat" loyihasi doirasida kitobxonlar ishtirokida "Inson va hayot falsafasi – Chingiz Aytmatov ijodida" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. ‼️Tadbir davomida buyuk adib Chingiz Aytmatovning sermazmun ijodi, uning asarlarida inson qadri, hayot mazmuni, ezgulik, vijdon va ma'naviy qadriyatlarning badiiy talqini haqida atroflicha fikr almashildi. Ishtirokchilar adibning mashhur asarlari yuzasidan o'z mulohazalarini bildirib, kitob mutolaasining inson kamolotidagi o'rni haqida fikr yuritdilar. Mazkur davra suhbati kitobxonlarda Chingiz Aytmatov ijodiga bo'lgan qiziqishni yanada oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda ma'naviy-ma'rifiy bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. 📖 Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi barchani kitob mutolaasiga chorlaydi!