Mahorat darsi

Mirzachoʻl tumani axborot-kutubxona markazida xodimlar uchun Excel dasturi boʻyicha navbatdagi "Mahorat darsi" oʻtkazildi. Joriy yilning 7- avgust kuni markazimizda xodimlarning raqamli koʻnikmalarini yanada oshirish, kundalik ish jarayonlari va hisobotlarni yuritishni avtomatlashtirish maqsadida maxsus amaliy mashgʻulot tashkil etildi. Kutubxona faoliyatiga oid hisobotlarni tezkor va xatosiz shakllantirish boʻyicha kerakli amaliy tushunchalar berildi.Bunday mahorat darslari kutubxona xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) boʻyicha bilimlarini boyitishga, ish unumdorligini oshirishga hamda raqamli xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.