🇺🇿2026-yil 26-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik — milliy g‘ururimiz va faxrimiz” nomli kitob rasmli ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmadan Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning tarixiy va ma’naviy qadriyatlari, yurtimizning taraqqiyot yo‘lidagi yutuqlari hamda istiqlol yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari aks etgan kitoblar, nashrlar va tasviriy materiallar o‘rin oldi. 📚Mazkur ko‘rgazma yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, mustaqillikning qadr-qimmatini chuqur anglashga xizmat qiladi.