Ko'rgazma

📚Joriy yilning 2026-yil 26-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa ko‘nikmalarini shakllantirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida “Yoshlar va kitob — kelajak sari bir qadam” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi va targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. ‼️ Tadbir davomida yoshlar va mahalla aholisi e’tiboriga turli mavzulardagi badiiy, ma’rifiy, tarixiy adabiyotlar namoyish etildi. Ko‘rgazmadan o‘rin olgan kitoblar haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berilib, ularning mazmun-mohiyati, yoshlar dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyati haqida fikr almashildi. Targ‘ibot jarayonida kitob o‘qishning inson hayotidagi o‘rni, muntazam mutolaa qilish orqali bilim va tafakkurni rivojlantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda yoshlarni ezgu maqsadlar sari yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.