2026-yil 27-avgust kuni Mirzacho‘l tuman Axborot-kutubxona markazida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari ishtirokida “O‘z huquqingni bil — kelajagingni himoya qil!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga fuqarolarning huquq va majburiyatlari, favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, o‘z huquqlarini bilish va qonuniy manfaatlarini himoya qila olishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarga tayyor turish hamda bunday holatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi. Davra suhbati davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar hamda mavzu yuzasidan fikr va mulohazalar almashdilar.