2026-yil 27-avgust kuni Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida «Mustaqilligimizning 35 yilligi — Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida» vatanparvarlik va ma’rifat kuni mavzusida yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. 🗣️Davra suhbatining asosiy maqsadi — yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, ularni mustaqillik yillarida mamlakatimiz erishgan ulkan yutuqlar bilan yaqindan tanishtirish hamda yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati va natijalarini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa sohalarda erishgan yutuqlari, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik va ma’rifatni keng targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikrlar bildirildi. «Mustaqilligimizning 35 yilligi — Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida» mavzusiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Ko‘rgazmadan O‘zbekistonning mustaqillik tarixi, Vatanimiz taraqqiyoti, milliy qadriyatlar, vatanparvarlik va yoshlar tarbiyasiga oid adabiyotlar o‘rin oldi.