2026-yil 27-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari uchun «Yosh kitobxonlarni kutubxonaga jalb etishning innovatsion usullari» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. 🗣️Mahorat darsining asosiy maqsadi — kutubxona faoliyatida zamonaviy va innovatsion yondashuvlardan samarali foydalanish, yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, ularning kutubxonaga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda xodimlarning yosh kitobxonlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Mahorat darsi davomida yoshlarni kutubxonaga jalb etishda interaktiv tadbirlar, kitob taqdimotlari, viktorina va intellektual o‘yinlar, “Sirli kitob”, “Kitoblar charxpalagi”, “Tirik kitob” kabi innovatsion loyihalar, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli imkoniyatlardan foydalanish usullari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yosh kitobxonlarning qiziqishlarini o‘rganish, ularning yoshiga va qiziqish doirasiga mos adabiyotlarni tavsiya etish, kutubxonada zamonaviy va ijodiy muhit yaratish hamda yoshlar bilan individual ishlashning samarali usullari yuzasidan fikr almashildi. Mahorat darsi davomida xodimlar o‘zaro tajriba almashib, yosh kitobxonlar bilan ishlashda qo‘llash mumkin bo‘lgan yangi g‘oya va tashabbuslarni muhokama qildilar.