Zukko kitobxonlar ligasi” loyihasi doirasida “Kitoblar charxpalagi” kitobxonlik tanlovi g'oliblari aniqlandi 🖥2026-yil 28-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida “Zukko kitobxonlar ligasi” loyihasi doirasida “Kitoblar charxpalagi” nomli qiziqarli kitobxonlik tanlovining navbatdagi soni o‘tkazildi. 🗣️Mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad kitobxonlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, shuningdek, yoshlarning bilim va intellektual salohiyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Tanlov davomida ishtirokchilarga Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” hamda Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Quyonlar saltanati” asarlari yuzasidan tayyorlangan savollar berildi. Savollar maxsus tayyorlangan “Kitoblar charxpalagi” orqali tanlab olinib, tanlov jarayonining yanada qiziqarli va interaktiv tarzda o‘tishiga xizmat qildi. Ishtirokchilar berilgan savollarga faol javob berib, o‘zlarining bilim va kitobxonlik salohiyatlarini namoyish etdilar. Savollar ortiga yashirilgan sovg‘alar esa tanlovga o‘zgacha qiziqish va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Tanlov yakunida ishtirokchilar o‘zlarining bilim va salohiyatlarini namoyon etib, berilgan savollarga faol javob berdilar hamda sovg‘alarga ega bo‘ldilar. 📖Kitob — tafakkur charog‘i, mutolaa esa kamolot sari yo‘ldir!