Bugun Respublikamizning barcha maktablarida "Birinchi qo'ng'iroq" tadbirlarini "Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" bosh g'oyasi asosida o'tkazilishi belgilangan. Mirzacho‘l tumanidagi 16-maktabda ham 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. 🗣️Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar: Mirzacho‘l tumani MMTB bo‘lim metodisti U.Yalg‘ashev, Tuman IIB JXX HPB katta inspektori kapitan S.A.Yakubov, FVV xodimi N.Bazarov, Axborot-kutubxona markazi direktori R.Babayev, Paxtazor SHFY raisi SH.Qulbo‘ldiyevlar. Tadbir davomida aziz ustozlar, o‘quvchilar va ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etildi. Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan jajji birinchi sinf o‘quvchilariga ezgu tilaklar bildirildi.