Ko'rgazma

Joriy yilning 2026-yil 2-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Gʻalaba” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa ko‘nikmalarini shakllantirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida “Mahallada mutolaa -oilada tarbiya” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi va targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. 📚 Tadbir davomida mahalla aholisi e’tiboriga turli mavzulardagi badiiy, ma’rifiy, tarixiy adabiyotlar namoyish etildi. Ko‘rgazmadan o‘rin olgan kitoblar haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berilib, ularning mazmun-mohiyati, yoshlar dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyati haqida fikr almashildi. Targ‘ibot jarayonida kitob o‘qishning inson hayotidagi o‘rni, muntazam mutolaa qilish orqali bilim va tafakkurni rivojlantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda yoshlarni ezgu maqsadlar sari yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Zero, bugun kitob o‘qigan yosh — ertangi kunning bilimli, ma’rifatli va faol bunyodkoridir. Kitobxonlikni yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylantirish esa jamiyatimizning ma’naviy taraqqiyotiga xizmat qiladi.